364 , , : , , , , , , . , , , .
:
364150
(304)
(123)
(23)
(113)
(4)
(4814)
(5227)
(2616)
(3423)
(4214)
(1518)
(68)
- (2836)
(8269)
(50)
(50)
(762)
(2)
(5275)
(30)
(1222)
(43)
(20403)
(465)
(19)
(108)
(173)
(96)
(899)
(54)
(34)
(476)
(106)
(62792)
(3562)
, (6444)
(2165)
(21320)
(766)
(64)
(3145)
(60)
(17)
(588)
(1000)
(106)
(48)
(3)
(1167)
(8485)
(537)
: (2044)
(11657)
(532)
(21)
(7985)
(3721)
, (10549)
(88)
(58)
(36)
(2257)
(12491)
(91)
(797)
(1338)
(24)
, (214)
(1141)
(3)
(8)
(21697)
(7850)
(3801)
(682)
, (2881)
(475)
(1)
, (7100)
(8694)
, (4121)
(443)
(952)
(2967)
(23)
(748)
(4876)
(95)
(107)
(7)
(2004)
(15)
(663)
(240)
(39)
(25)
(624)
(16)
(2652)
(136)
(90)
(406)
(95)
(24)
(3463)
(4482)
(7216)
(4592)
(5386)
(3)
(2244)
(23)
(29)
(35)
(4517)
(20645)
- (666)
(119)
(2573)
(889)
(288)
(148)
, (1140)

:

:
:
: 07:42:55 03 2005
: 837 : 2 : 1 : 5 :    

OZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

JAHON IQTISODI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

SIYOSATSHUNOSLIK KAFEDRASI

Mavzu:Birinchi jahon urushi davrida xalqaro munosabatlar

Tayyorladi:Sultonov B.N.3-1a-00,XM

Tekshirdi:T.f.d.,prof., Farmonov R.F.

TOSHKENT-2003

Mundarija

1. Kirish........................................................................ 3

2. Urushning sabablari................................................. 4

3. Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari........... 5

4. Germaniyaning bosqinchilik rejalari....................... 7

5. 1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar.............. 8

6. Bolgariyaning urushga qoshilishi........................... 12

7. Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya................ 14

8. Birinchi jahon urushining yakunlanishi................. 17

9. Xulosa....................................................................... 18

10. Foydalanilgan adabiyotlar................................................................................... 19

Kirish

XIX asr oxiri XX asr boshlarida keskinlashgan dunyoni qaytadan bolib olish uchun bolgan kurash Evropa davlatlarining ikki guruhi shakllanishiga olib keldi.Birinchi guruhda Germaniya boshchiligidagi Avstro-Vengriya, Turkiya va Bolgariya bor edi. Ikkinchi guruhga esa Angliya, Franciya, chor Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq unga Italiya, Amerika Qoshma Shtatlari va boshqa davlatlar qoshildilar.

Davlatlarning mazkur ikki guruhi ortasida mustamlakalarni bolib olish, tasir doiralarini qaytadan taqsimlash va XX asr boshlarida vujudga kelgan kuchlarning yangicha ozaro nisbatiga mos ravishda yangi jaxon tartiblarini qaror toptirish uchun kurash borar edi. Bu shiddatli va ayovsiz kurashning oziga xos xususiyati shunda ediki, u milliy manfaatlar uchun emas, balki hali bolib olinmagan yerlarni qolga kiritish uchun intilayotgan yirik sarmoya egalarining manfaati uchun olib borilmoqda edi. Bu dunyoni qaytadan bolib olish, ulkan daromad va jahon bozorida alohida imtiyozlarga ega bolish uchun kurash edi.

1914 yil yozida Germaniya qayta qurollanish boyicha Antanta mamlakatlarini, harbiy tayyorgarlik boyicha Rossiya va Franciyani ortda qoldirdi. Mamlakat armiyasini jangovor holatga keltirish rejasi 1914 yil 31 martdayoq tayyorlab qoyilgan edi. Bu narsa Germaniyaga juda qol kelar edi. Chunki u oz raqiblaridan ustunlikka erishgan va urushni boshlash uchun eng qulay vaziyat edi. Ushbu ustunlik ham birinchi jahon urushining tezlashishiga sabab boldi.

Avstriya imperatori Franc-Iosif (1830-1916) ancha keksaygan va hayotining songgi kunlarini okazmoqda edi. U mamlakatning songgi podshoxi bolib, deyarli 60 yil hukmronlik qilgan va avtoritar, yakka hukmronlik davlati tarafdori edi. Avstro-Vengriya siyosiy hayotida uning jiyani, taxt vorisi ercgercog Franc-Ferdinand ning ahamiyati katta edi. U Serbiyani tor-mor qilish va bosib olish rejalarini tuzayotgan harbiy partiyaning rahbari edi. 1914 yil iyun oyi songida Franc-Ferdinand Serbiyaga bostirib kirishga hozirlik korayotgan Avstriya qoshinlarini korikdan otkazish uchun Bosniyaga borishga qaror qiladi.

Sarayevo shaxri boylab sayohati chogida Franc-Ferdinand va uning xotini serb armiyasi oficerlaridan tuzilgan Qora qol tashkiloti azolari tomonidan oldiriladi.

Berlin va Vena uchun xuddi shunday bahona kerak edi. Boshqa vaziyatda nizoni balki diplomatik yol bilan hal qilsa bolar edi, ammo sodir bolgan bu voqea Germaniya va Avstro-Vengriya uchun qulay paytda urushni boshlash imkoniyatini tugdirdi. Berlinda Rossiya hali urushga tayyor emasligini bilsalar-da, Rossiya ozining imkoniyatlarini safarbar qila olishini va ittifoqchilar topa olishini ham yaxshi anglar edilar.

Avstro-Vengriya hukumati Germaniya hukumati bilan maslahatlashib, 1914 til 23 iyulda Serbiyaga ultimatum berdi. U ozini hurmat qiladigan hech bir davlat qabul qila olmaydigan qopol va keskin uslub bilan bitilgan edi. Berlin va Venadagilar xuddi shunday bolishiga umid boglagan edilar. Rossiyaning Avstro-Vengriya va germaniyani tinchlantirishga urinishlari behuda ketdi. Jang shiddat bilan yaqinlashib kelar edi. Urush bombasi Yevropada, uning portlovchi ozagi esa Sarayevoda edi. Bu bomba malgam portladi. 1914 yil 29 iyulda Rossiya imperatori Nikolay II harbiy safarbarlik haqidagi buyruqni imzoladi. 1 avgust kuni ham Germaniya safarbarlik elon qildi va shu kiniyoq Rossiyaga urush ochdi. Rus-german urushi boshlandi. 1914 yil 3 avgustda Germaniya Franciyaga urush elon qildi. 4 avgustda esa Angliya Germaniyaga urush elon qildi. Urush gildiragi shiddat bilan aylanib ketdi. 1914 yil 23 avgustda Yaponiya Germaniyaga urush elon qildi va uning Xitoydagi bir qator yerlarini, shuningdek, Tinch okeanidagi Germaniyaga qarashli bolgan bir qancha orollarini bosib oldi. Turkiya kutilganidek Germaniyani qollab-quvvatladi.1914 yil 22 iyulda Turkiya harbiy vaziri shu haqda malgam berdi. 1914 yil 2 noyabrda Rossiya, 5 va 6 noyabrda esa Angliya va Franciya Turkiyaga urush elon qildi. Nihoyat uzoq kelishuvlardan song 1915 yil 23 mayda Italiya Avstro-Vengriyaga urush elon qildi. Shu tariqa birinchi jahon urushi boshlanadi.

Urushning sabablari

Urushning eng asosiy sabablari bu Yevropa davlatlarining ikki harbiy-siyosiy guruhi Antanta va Uchlar ittifoqi ortasida dunyoni qaytadan bolib olish uchun kurash va jahon bozorida tasir doiralarini qaytadan bolib olish , yangi yerlar zabt etish uchun kurash edi.

Har bir urushayotgan davlatning malum bir maqsadi bor edi. Germaniyaning asosiy maqsadi Angliya va Franciyaning mustamlakalarini bosib olish, Franciya va Rossiyani kuchsizlantirish, Yevropa va Osiyoda( Sharqiy Orta Yer dengizi mamlakatlari, Turkiya) oz hukmronligini ornatish edi.

Avstro-Vengriya - Bolqonda tasir doirasini kengaytirish, zulm ostidagi slavyan xalqlarining milliy-ozodlik harakatini bostirish;

Angliyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish, uning mustamlakalarini bir qismini bosib olish, Usmoniylar imperiyasini bolish edi.

Franciyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish Germaniyaning Elzas va Lotaringiya, Saar viloyatlarini, Reyn viloyatining bir qismini qaytarib olish;

Rossiyaning asosiy maqsadi Bolqonda va Bosfor hamda Dardanel bogozlarida oz hukmronligini ornatish, Germaniyani kuchsizlantirish, Avstro-Vengriyaning Bolqondagi hukmronlik havfini bartaraf etish;

Italiyaning asosiy maqsadi Afrika va Bolqonda yangi hududlar egallash edi.

Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari

Hali urush boshlanishidan kop vaqt otmay, Antanta davlatlari ortasida kelajak oljani qay tarzda bolib olish haqida muzokaralar boshlanib ketdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov ittifoqchi davlatlarlar elchilari Paleolog va Byukenenga dunyoni urushdan keyen bolish rejalarini topshirdi. Bu dastur Germaniya va uning ittifoqchilarini tola maglubiyatga uchratishni kozda tutar edi. Uning mazmuni quyidagicha edi:

1)Ittifoqchilarning eng asosiy maqsadi Germaniyaning harbiy qudratini sindirishdan iborat; 2)hududiy ozgarishlar faqat milliy asosda otkazilishi lozim; 3)Rossiya ixtiyoriga Nemanning quyi oqimi va Sharqiy Galiciya otishi kerak edi; Poznan, Sileziya va Garbiy Galiciya Polshaga otishi kerak edi(uni Rossiyaga qaram davlat sifatida tiklash moljallangan edi); 4)Franciyaga Elzas-Lotaringiya qaytarib berilar,Reyn viloyati va Palatinatning bir qismi berilar edi; 5)Belgiyaning hududi Germaniya hisobiga kengaytirilar edi; 6)Shlezvig va Goldshtein Daniyaga qaytarib berilar edi; 7)Prussiya tomonidan 1866 yil anneksiya qilingan Gannover qirolligi qayta tiklanishi kerak edi; 8)Avstro-Vengriya uch davlat Avstriya, Vengriya va Chexiyadan iborat monarxiyaga aylantirilishi lozim edi; 9)Serbiyaga Bosnia, Dalmaciya, Gercegovina va Shimoliy Albaniya berilishi kerak edi;10) Serb makedoniyasi Bolgariga berilishi kerak edi; 11) Valona Italiyaga, Janubiy Albaniya Greciyaga berilar edi;12) German mustamlakalari Angliya, Franciya va Yaponiya ortasida bolib olinishi kerak edi; 13)Germaniya va Avstriyadan kontributciya undirib olinishi kerak edi.

Bu dasturdan korinib turibdiki Rossiya asosan ozining manfaatlaridan kelib chiqqan holda bu masalaga yondoshgan. 26 sentyabrda Rossiya qoshimcha talab bilan chiqdi. U Rossiya kemalarining bogozlardan erkin, hech qanday tosiqsiz kechishini kozda tutar edi. Lekin rus hukumati Turkiya hududini bosib olish davolarini hali qilmagan edi.

Turkiyani bolib olish masalasini ilk bor ingliz diplomatiyasi ilgari surdi. Sazonovning dasturiga oz munosabatlarini bildira turib, Angliya tashqi ishlar vaziri Grey:Agar Turkiya Germaniyaga qoshilsa, bu davlat barham topishi kerak- dedi. U tinchlik dasturiga german flotinig topshirilishi, Kil kanalining neytrallashtirish, Italiya va Ruminiyaning manfaatlari hisobga olinish kabi qoshimchalar qoshilshi kerakligini takidladi. Lekin Grey Franciyaga Reyn viloyati berilishiga qarshi chiqdi. Shunday qilib urushning dastlabki kunlaridan ittifoqchilar ortasida mustamlakalar borasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi.

Turk merosini bolib olish borasida 1914 yilning ozidayoq diplomatik kurash avj oldi. Ruslar uchun Turkiyaga zarba berishning eng qulay yoli Erondan, turklarning ong qanotini aylanib otib zarba berish edi. Ingliz hukumati bunga yol qoyishni istamas edi. Grey rus elchisi Bekkendorf bilan suhbatida uni shu narsaga ishontirishga harakat qilar ediki, rus hukumati Eron hududidan Turkiyaga qarshi urushda foydalanmasligi kerak edi. Uning fikricha Rossiya oz kuchlarini german frontidan chalgitmasligi kerak edi. Germaniya bilan kurash Turkiya bilan urushning natijasini hal qilar edi. U agar Germaniya maglubiyatga uchratilsa, Konstantinopol(Istanbul) va bogozlar masalasi Rossiya foydasiga hal qilinishini takidlaydi.

Oradan kop otmay Greyning fikrini Angliya qiroli Georg V takidladi. Lekin 1914 yil 14 noyabrda rus hukumatiga yuborilgan rasmiy notada birinchi orinda Rossiya bor kuchini german frontiga yuborishi, turk frontida esa faqat mudofaa bilan cheklanish kerakligi haqida gapirilar edi. Bogozlar va Stambul masalasi esa Rossiya roziligi bilan yechilishi kerakligi takidlanar edi. Bu nota uncha ham ishonchli emas edi.

Garbiy frontda qiyin vaziyat yuzaga kelgani sababli ittifoqchilar qomondonligi dushmanni yengish uchun boshqa malgamc yol izlay boshladilar. 1915 yil 25 fevralda ingliz va francuz kemalari Dardanel bogozi kiraverishida joylashgan fortlarni oqqa tuta boshladilar.Dardanel operaciyasi muvaffaqiyat qozonishiga ishonib, Greciya bosh vaziri Venizelos Greciya Antanta tarafida urushga kirishi va Dardanel bogoziga desant va flot yuborishga tayyor ekanligini aytdi. Chor hukumati bundan juda hadiksiradi va Konstantinopol greklar qoliga otib ketishidan qorqib Greciyaning urushda qatnashishiga keskin norozi boldi.

Lekin Greciya qiroli Konstantin Germaniyani qollab-quvvatlar va neytralitet tarafdori edi. U 1915 yil 6 martda Venizelosni istefo berishga majbur qildi. Greciya neytral bolib qoldi.

Agar Dardanel operaciyasi muvaffaqqiyat qozonadigan bolsa, bogozlar ustidan nazorat Angliya va Franciya qoliga otar edi. Angliya va Franciya Rossiyaga berilgan vada, yani Dardanel va Bosfor bogozlari hamda Konstantinopolni berishni biror bir rasmiy hujjat bilan mustahkamlashga shoshilmas edilar.

Germaniyaning bosqinchilik rejalari

Germaniyaning bosqinchilik rejalari oz darajasiga kora Antanta davlatlarining rejalaridan ham kengroq edi.German hukmron doiralari dunyoni tubdan ozgartirishni talab qilar edilar. German hukmron doiralari orasida paydo bolgan ikki hujjat diqqatga sazovor:oltita eng yirik Germaniya iqtisodiy tashkilotlari chiqargan memorandum va olimlar memorandumi. Olti eng yirik iqtisodiy tuzilmalar memorandumi quyidagilarni nazarda tutar edi: ingliz, francuz, belgiyaliklar va boshqa davlatlarning mustamlakalarini bosib olish; Antanta davlatlari boyniga reparaciyalar yuklash; Belgiya ustidan protektorat ornatish; Franciyaning La-Manshdan Somma daryosigacha bolgan hududlarini qoshib olish; temirga boy Brieyni, Verden, Vogez va Belfor qasrlarini bosib olish. Shu bilan birga ushbu hududlarda bosib olingan yirik va orta yer mulklarni musodara qilish va ularni nemis oficerlari qoliga berish kozda tutilgan edi. Haqiqiy yer egalarining zararlari esa Franciya hisobiga qoplanar edi.

Yevropaning sharqida ham yirik hududlarni Rossiya hisobiga qolga kiritish kozda tutilgan edi. Hujjat tuzivchilarning fikricha urushdan song sanoatning rivojlanishi uchun yirik agrar baza kerak bolar edi.Shuning uchun ulkan yer resurslari talab qilinar edi. Yuqorida keltirilgan hujjat osha paytda paydo bolgan minglab shu kabi hujjatlardan biri bolib, ularning bazilari matbuotda elon qilinar, bazilari faqat hukmron doiralar uchun moljallangan edi.

Germaniyaning hukmron doiralari buyuk davlatchilik shovinizmi bilan mast edilar va butun dunyoda Germaniya hukmronligini ornamoqchi edilar. Ammo ozlarini koklarga kotarib maqtaydigan bazi kishilardan farqli olarog Germaniyaning osha paydagi kancleri Betman-Goltbeg ehtiyotkor siyosat tutdi va oz chiqishlarida Germaniya bosqinchilik urushi olib bormasligini takidlar edi.Ammo haqiqatda esa u juda katta hududlarni Germaniya qol ostida birlashtirishga qaror qilgan edi.

1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar

Germaniya qomondonligi harbiy harakatlar rejasiga muvofiq 4 avgust kuniyoq Belgiyaga asosiy hujumni boshladi.Bu yerda mudofaani yorib otish va Yevropaning hayotiy ahamiyatga ega bolgan sanoat rayonlarini egallab, bir hamla bilan urushni yakunlash nazarda tutilgan edi. Germaniya qurolli kuchlari shiddatli hujum natijasida bir necha hafta mobaynida deyarli jangsiz Belgiyani bosib otdilar va Franciya hududiga kirib, Sena daryosi irmogi bolgan Marna sohillariga chiqdilar.1914 yilning 5-12 sentyabr kunlari Marna boyida francuz va nemis qoshinlari ortasida ogir jangler bolib otdi. Unda nemis qoshinlari maglubiyatga uchradilar.

Sharqiy Prussiyada rus askarlarining hujumga otganligi nemis qoshinlarining maglubiyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega boldi. Rus armiyasining hujumi dastlab muvaffaqiyatli boshlandi. U Galiciyani egallab, Sharqiy Prussiya hududiga yorib kirdi.Germaniya qomondonligi rus qoshinlarining hujumini qaytarish uchun askarlarining bir qismini Marna boyidan Prussiyaga tashlashga majbur boldi.

1914 yil oktyabr oyida turkiyaning urushga kirishi munosabati bilan Kavkazorti, Mesopatamiya, Suriya va Falastinning sharqiy chegarasida yangi frontlar vujudga keldi. Ammo turk armiyasi urushga tayyor bolmaganligi sababli Kavkazortida rus qoshinlaridan bir qator ogir maglubiyatlarga uchradilar.

1915 yil 23 mayda Italiya Antantaga qoshildi, osha yil oktyabr oyida esa Bolgariya Germaniya-Avstriya ittifoqiga qoshildi.

Marna boyidagi janglarda maglubiyat alamini tortgan ittifoqchi qoshinlar Germaniyaning sherigi Turkiyani urushdan chiqarish uchun dengizda bir qator operaciyalarni malgam oshirdilar. 1915 yil fevral oyida ingliz francuz floti Turkiyaning Dardanel bogozidagi istehkomlarni bombalashga kirishdi. Ammo bu hujumlar kozlangan natijani bermadi. Bu operaciya davomida 200 mingdan ortiq kishi halok boldi va yaralandi. Natijada ana shu hamla tashabbuskori, Angliya harbiy flotining birinchi lordi Uinston Cherchill vazifasidan chetlashtirildi.Shundan keyen uning siyosiy faoliyatida 25 yil tanaffus boldi.

Shu bilan faol jangovor harakatlar tohtab qoldi. Butun yil davomida mantiqsiz turgun urush davom etdi. Tomonlardan hech biri vujudga kelgan vaziyatni buzishni istamas edi. Lekin, diplomatlar faol ish olib bordilar.

Dardanell operaciyasining boshlanishi munosabati bilan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov ittifoqchilardan rasmiy majburiyat, yani Turkiya atrofidagi bogozlarni berishni talab qildi. U agar Rossiyaning ittifoqchilari oz majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsalar u istefo berishga majbur bolishini aytdi. Bu shuni anglatar ediki uni Germaniya bilan ittifoqchi bolish tarafdori bolgan kishi bilan almashtirishlari mumkin edi.Bazi bir malumotlarga kora osha paytda rus podshosi saroyida qirolicha boshchiligida nemis saroyini qollab quvatlovchi katta firqa mavjud bolgan.

1915 yil 12 martda Angliya rasmiy nota orqali Konstantinopol va unga tutashgan hududni,Bosfor va Marmar dengizining garbiy qismini, Gallipol yarim orolini, Janibiy Frakiyani Rossiyaga berishini tasdiqladi. Lekin Rossiya bu hududlarni faqatgina Angliya va Franciya Turkiyaning Osiyodagi mustamlakalarni bosib olsalargina, egalik huquqini olar edi. Rossiyaning qoliga bogozlar otishi evaziga Angliya Eronning neytral deb elon qilingan hudidini olishi kerak edi.Bu esa Angliya qoliga cheksiz neft zaxiralarining otishiga olib kelar edi.

Franciya esa Turkiyaga juda katta investiciyalar kiritgan edi. Shuning uchun Turkiyani bolib tashlash rejasiga Franciya salbiy munosabat bildirgan edi.Ammo Turkiyaning Osiyodagi yerlaridan katta ulush olishini moljallagan Franciya hukumati 10 aprel kuni ingliz-rus shartnomasi shartlariga rozi boldi.

Dardanel boyidagi operaciyaning barbod bolishi Antanta ittifoqchilarini Grbiy frontdagi jangovor harakatlarga qaytishga majbur qildi. Germaniya ham Franciya hududida hal qiluvchi jangga kirishishni va uning qarshiligini sindirishni rejalashtirdi. Germaniya bosh shtabi Franciyaga uning eng mustahkam mavqei Verden qalasi orqali hujum uyushtirishga ahd qildi. 1916 yil 21 fevralda germaniyaning 5-armiyasi ulkan harbiy operaciyani boshladi. Hujumdan oldin francuz istehkomlari toplardan shiddatli oqqa tutildi. Krupp zavodlarida tayyorlangan va uning qizi Berta nomi bilan Katta Berta deb atalgan ota kuchli toplar bilan jami 850 ta ogir top ishga tishdi. Jangda Evropaning eng qudratli ikki armiyasi yuzma-yuz keldi. Milliy gurur tuygusi junbushga keldi.Franciya qomondonligi bir qadam ham chekinmaslikka buyruq berdi, askarlar songgi nafaslarigacha jang qildilar.Verden Franciyaning va francuz armiyasining ruxini kotardi. Verden ostonalaridagi jang 1916 yil 21 dekabrgacha davom etdi va ikkala tomonga ham katta talafotlar keltirdi. Franciya va Germaniya bu yerda 700 mingdan ortiq askar yoqotdi.

Verden jangining yakunida Rossiya armiyasi katta rol oynadi. Bu yerdagi janglarning hal qiluvchi bosqichi general Brusilov qomondonligidagi rus armiyasining Janubiy-Garbiy frontga hujum boshlashi va Avstriyaning 1,5 millonga yaqin askar va zobitini yoq qilishi bilan yakunlandi.Shundan song Avstro-Vengriya amalda jangovor harakatlar qilish qobiliyatini yoqotdi, Germaniya esa tezda bu frontga ozining asosiy zaxira kuchlarini tashlashga majbur boldi.

Verden ostonalarida jang davom etayotgan bir paytda Antanta ittifoqchilari Somma daryosi boyida Verdendan 250 km va La-Manshdan 90 km bolgan ingliz mudofaa sektorida hujum boshladilar. Britaniya toplari deyarli etti kun davomida german qoshinlarini oqqa tutdi.1916 yil 1 iyulda Britaniya kongilli askarlari hujumga tashlandilar.Ularning soni 100 mingdan ortiq edi, ammo inglizlarning hujumi yerga chuqur komilgan nemis pulemetlarining shiddatli otiga duch keldi. Nemislarning talafoti kop edi, ammo inglizlar ham jami olganlar va yaralanganlar bilan 50 mingdan ortiq kishini yoqotdilar. Bu mantiqsiz qonli qirginda hech qaysi tomon muvaffaqiyatga erisha olmadi.

1916 yili Yevropada hammasi bolib 2 milliondan ortiq kishi halok boldi, ammo urushda ozgarish bolmadi.Germaniya va Avstro-vengriya moddiy manbalari yugab borardi. Ingliz flotining ustunligi sababli dengiz tomonidan qilingan qamal nihoyatda samarali boldi. Qamal tufayli Germaniya oziq-ovqat va malgamc xom-ashyolarning ozidagi zaxiralari bilan kifoyalani9shga majbur boldi. Bu esa surunkali urush olib borish uchun yetarli emas edi. Antantaga esa AQSh yordam berar va u oz mustamlakalari manbalaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega edi.

Rossiyadagi ahvol juda ogir edi. Uning hom ashyosi va inson manbalari yetarli bolsa-da, iqtisodiy qoloqlik ulardan samarali foydalanish imkonini bermas edi. Transport tizimining tamomila izdan chiqqanligi, harbiy idoralardagi ogrilik, harbiy-siyosiy va iqtisodiy tuzulmalarning eskirgan tizimi va tartibsizliklar Rossiyani iqtisodiy va siyosiy inqiroz eshigiga olib keldi.

Bolgariyaning urushga qoshilishi

Italiyaning siyosiy orientaciyasi va Uzoq Sharqdagi kurash bilan birga Bolqon uchun kurash ham avj olib ketdi.Bu yerda Bolgariyaning ahmayati katta edi. Birinchidan Bolgariya eng katta armiyaga ega edi. Ikkinchidan ozining qulay geografik yerda joylashganligi sababli u ham Serbiyaga , ham Greciyaga va Ruminiyaga qulay hijum qilish uchun placdarm edi.Agar Bolgariya Germaniya tarafida urushga kirsa, u holda Serbiya zarba ostida qolar edi va Ruminayaning Antantaga kirishinni qiyinlashtirar edi.Agar Bolgariya Antantaga qoshilsa, u holda serbiya uchun yordam taminlanar edi va Greciya va Ruminiya Bolgariyadan namuna olar edilar.

Shunday qilib 1914 yildagi urush holatida Bolgariya butun Bolqon yarim orolining kalitiga aylandi.Shuning uchun urushayotgan davlatlar urushning dastlabki kunlaridan bolgariyani oztaraflarida urushni boshlashga harakat qildilar.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov shuning uchun ham Bolgariyani Rossiya tarafiga ogdirish uchun kop zor berdi. Antanta Bolgariya bilan kelishuvga faqat bir holda erishishi mumkin edi.Bu ham bolsa Serbiya va Greciyani 1913 yil Bolgariyadan tortib olgan hududlarni qaytarib berishga kondirish edi.Sazonov 1914 yil avgust oyidan boshlab serb va grek hukumatlariga Bolgariyaga bazi bir yon berishlarga borishini sorab murojaat qilgan edi. Ammo Greciyadan buni sorash mantiqqa togri kelmas edi.Bu narsa faqat Greciya qiroli boshchiligidagi Germaniya tarafdorlari poziciyalarini mustahkamlar edi.Qolaversa Greciya Bosh vaziri Venizelos Antanta tarafdori bolsa-da, Greciya urushga ozining ashaddiy dushmani bolgan Bolgariga hududiy yon bosishlar evaziga kirmasligi aniq edi.

Antantaning Serbiyadan umidi katta edi.serbiya urushga kirgan edi. Va neytral Greciyaning axvoliga kora uning axvoli qiyinroq edi.serbiya bosh vaziri Pashich Bolgariyaga serb Makedoniyasini berishga qaror qildi, buning evaziga agar Antanta galaba qozonadigan bolsa, Serbiya Avstriyaga tegishli bolgan bir qator janubiy slavyanlar yashaydigan hududlarni olishi kerak edi.Ammo bunday noaniq vadalar bilan Bolgariyani kondirish juda qiyin edi.Bolgariya Antanta tarafida urushga kirishi uchun makedoniyani talab qilayotgan edi.Bunga serblar Makedoniyaning bir qismini bolgarlarga berguncha, butun Serbiyani Avstriya bergan maqul deb javob berdilar.

Germaniyaning Bolgariyadagi tasiri juda katta edi.qirol Ferdinand ularning tatafida edi.Urushning birinchi kunlaridanoq Germaniya va Avstriya Bolgariyani Serbiyaga hujum qilishga undab kelayotgan edi.Germaniya va uning ittifoqchilari Bolgariyaga butun Makedoniyani, eski Serbiyani va agar Ruminiya Antantaga qoshilsa, Janibiy va Shimoliy Dombrudjani berishga vada berdilar.Ammo Bolgariya hali urushga tayyor emas edi. Bolgariya neytral vaziyatda qolishni afzakl topdi.

Bolgariya uchun bolgan kurashning natijasini harbiy vaziyatning ozgarishi hal qildi. Dardanel operaciyasining maglubiyatga uchrashi, rus armiyasining sharqiy frontdagi ogir maglubiyati va Avstriya va Germaniya qoshinlarining Serbiyaga qarshi katta qoshin yuborishi ham bolgar hukmron doiralarining qorquvini bosdi. Qirol Ferdinand va uning tarafdorlari katta oljalar vada berayotgan, ammo Bolgariya uchun havfli bolgan Germaniya tarafida urushga kirishga qaroq qildilar.1915 yil 3 sentyabr kuni Turkiya Bolgariya, 6 sentyabr kuni esa Bolgariya, Germaniya va Avstro-Vengriya ortasida ozaro ittifoqchilik togrisida shartnoma imzolandi. Shunday qilib Tortlat ittifoqi tuzildi.

Greciya borasida ham qiyinmasala turar edi.U kim tarafida urushadi? Germaniya tarafidami yoki Antanta? 1915 yil avgustda Greciya parlamentiga saylovlar natijasida hukumat tepasiga yana Venizelos keldi. Osha yili sentyabrda Bolgariyaning Serbiyaga hujum qilish xavfi tugilganda grek bosh vaziri Serbiyaga yordam berishi haqida aytdi, lekin buning uchun ittifoqchi davlatlar Salonikiga 150 ming kishilik armiyani jonatishlari kerak edi.

Franciya va Angliya Venizelosning ushbu taklifini qabul qildilar. Ammo francuz qomondoni Joffer bunga qattiq qarshilik korsatdi. Aytilgan qoshinga 22 ming kishi yetmas edi.Greciya bilan ittifoqchilar ortasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda grek qiroli ikkinchi marta Venizelosni lavozimidan ozod etdi va Greciya yana oz neytralitetini elon qildi.Salonikiga hali bor yogi 80 ming kishilik armiya tashlangan edi. Bundan foydalangan Bolgariya qoshinlari 14 oktyabr kuni Serbiyaga hujum qildi. Bir paytning ozida shimol tarafdan Avstro-Vengriya va Germaniya qoshinlari hujumga otdi. Ittifoqchilarning Salonikidagi qoshinlari Serbiyani qutqarib qola olmadi.Serbiya armiyasi tola maglubiyatga uchradi va uning qolgan qutgan qismi Korfu oroliga evakuaciya qilindi.

Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya

Yevropadagi urush Yaponiya uchun qulay vaziyat tug;dirar edi. Buning natijasida Yaponiya Germaniyaning Xitoydagi va Tinch okeanidagi mustamlakalarini bosib oldi.1914 yil Yaponiya Xitoyga qarshi hal qiluvchi jangga tayyorlana boshladi.

!914 yil dekabr oyida Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kato yapon siyosatining mazmunini ommaga anglatish uchun nutq sozladi. 1914 yil 15 avgust kuni Yaponiyaning Germaniyaga qoygan ultimatumiga kora Yaponiya osha paytda Germaniyaga tegishli bolgan Czanchjouni Xitoyga qaytarib berish maqsadida olayotganini malum qilgan edi. Endi esa Kato bu taklif Germaniyaga faqat mojaroning tinch yol bilan hal qilish umidida qilinganligini takidlaydi. Nemislar bu taklifga konmadilar va endi Czanchjou taqdiri urush tugagandan song hal qilinadigan boldi.Yaponiya hech bir boshqa chet davlat oldida ushbu masala yuzasidan majburiyat olgani yoq. [1]

Umuman olganda Yaponiya Uzoq Sharqda faqat Germaniya yerlari bilan cheklanib qolmas edi. Gap butun Xitoyning taqdiri haqida ketayotgan edi.1915 yil 18 fevral kuni Xitoy hukumatiga yaponiyaning rasmiy notasi jonatiladi.Unda Yaponiyaning Xitoyga 5 qismdan iborat bolgan 21 moddali talablari joy olgan edi.

Talablarning birinchi guruxi Shandunni Germaniya tasir doirasidan Yaponiya tasir doirasiga aylantirishni kozda tutar edi. Bu gurux talablarning eng muximida shunday deyilardi:Xitoy hukumati Shandun provinciyasi borasida Yaponiya va Germaniya qandat qarorga kelishidan qatiy nazar ilgari Germaniya bilan tuzilgan kelishuvlar, shartnomalar sababli hamma shartlarga tola rozilik berish majburiyatini oladi.

Talablarning ikkinchi guruxi esa Shandun provinciyasi boshiga tushgan taqdirni sharqiy Moguliston, Janibiy Manjuriya boshiga solishni nazarda tutar edi. Port-Artur, Janibiy Manjuriya va Andun-Mukden temir yollarining ijaraga olish muddati yana 99 yilga chozilishi kozda tutilgan edi. Undan tashqari yapon fuqarolari Janubiy Manjuriya va Sharqiy Mogulistonda yangi yerlar sotib olish, ushbu hududlarga erkin kochib kelish va u yerlarda sanoat, savdo-sotiq va boshqa sohalar bilan shugullanish huquqini olar edilar. Xitoyga tog-kon sanoatida Yaponiyaga koncessiyalar berish taklif qilingandi. Bundan tashqari Xitoy Yaponiyaning roziligisiz ushbu hududlarda temir yollar qurilishi boyicha boshqa davlatlarga koncessiyalar bermaslik majburiyatini olishi kerak edi.va nixoyat Xitoy Yaponiyaga Girin Chanchun temir yolini nazorat qilish va boshqarishni topshirishi kerak edi.

Uchinchi gurux talablar esa asosan Xitoydagi yapon korxonalariga katta imtiyozlar berilishiga qaratilgan edi. Unda asosan Xanyepin kompaniyasi, komir-metallurgiya kombinatini aralash xitoy-yapon jamiyatiga aylantirish moljallangan edi. Yaponiyaning roziligisiz Xitoy oz tashabbisi bilan bu kompaniyaga berilgan haq-huquqular va mol-mulkdan foydalanoshi taqiqlanadi va ushbu vakolat Yaponiya uchun 2007 yilgacha berilishi kerak edi.Xanyonin kompaniyasiga uning korxonalari atrofida joylashgan tog-kon resurslaridan foydalanishga monopol huquq berilgan edi.

Tortinchi gurux talablarda oldingi talablarning kafolati tarzida Xitoyning hududiy yaxlitligini taminlash haqida gap borar edi. Aslida esa bu Yaponiyaning Xitoyda gegemonligini taminlashiga qaratilgan tadbir edi.

Lekin eng qiyin talablar beshinchi gurux talablar edi.Ushbu talablarning qabul qilinishi Xitoyning Yaponiya protektoratini qabul qilishni anglatardi.ulkardan asosiylari quyidagilar:1-modda. Xitoy hukumati muhim iqtisodiy, siyosiy va harbiy ishlar boyicha yapon mutaxasislarini maslahatchi tarzida taklif qiladilar. 3-modda.Xitoyning markaziy joylarida policiya yaponlar va xitoylar tomonidan boshqarilishi yoki u yerda policiyachilar asosan yaponlardan iborat bolishi kerak . 4-modda.Xitoy Yaponiyadan Xitoy hukumatiga kerak bolgan malum miqdordagi qurol-aslaha sotib oladi(umumiy talabning 50% miqdorida)yoki Xitoyning ozida yapon-xitoy arsenali yaratiladi.Bu maqsadda Yaponiyadan texnik ekspertlar taklif qilinishi va yapon materiallari sotib olinishi mumkin. Huddi shu yerda Xitoyning Fuczyan provinciyasini yapon tasir doirasiga kiritishni nazarda tutgan modda bor edi.Ushbu provinciya juda qulay geostrategik nuqtada joylashgan bolib, Yaponiyaning Gonkong va Filippinni susaytirish uchun yaxshi imkoniyat yaratar edi.Undan tashqari yapon fuqarolari missionerlik faoliyati bilan shugullanish erkinligini beruvchi modda ham bor edi.Agar Yaponiyaning 21 modda talablari malgam oshsa, Xitoy Yaponiyaga tola ravishda boysundirilar edi.

AQSh Yaponiyaning Xitoydagi harakatlarini cheklashga harakat qildi. Shu maqsadda AQSh Xitoyga diplomatik yordam korsatdi. 1915 yil mart oyida AQSh davlat kotibi Brayan Yaponiya hukumatiga uning Xitoyga nisbatan qoyilgan talablarga qarshiligi haqida nota yubordi.

Yuan Shikay hukumati yapon hukumatiga oz javobini aytishga shoshilmas edi.Buning sababi olaroq Yaponiya Shandun, Manchjuriya va bir qator joylarda oz qoshinlarini kuchaytirdi.

Xitoy esa qolaversa Yaponiyaning Czyanchouni qaytarishini va kelgusi yapon-german muzokaralarida xitoyning ham ishtirok etishini soradi. Buning javobi tarzida 1915 yil 7 may kuni Yaponiyaning Xitoyga nisbatan ultimatumi elon qilindi.Unga kora agar Xitoy Yaponiya qoygan talablarga rozi bolmasa, unda Yaponiya ozi joiz deb bilgan istalgan chorani qollashini aytdi. Ammo Amerikaning aralashuvidan hadiksirab Yaponiya beshinchi gurux talablaridan voz kechdi. Faqatgina Funczyan provinciyasiga aloqador modda qoldirilgan edi.

AQSh boshqa yirik davlatlarning aralashuvini tashkil etmoqchi boldi. Ammo na Angliya, na Rossiya Germaniyaga qarshi urush sharoitida Yaponiya bilan janjallashishni istamas edi. 8 may kuni Xitoy ultimatum shartlarini qabul qildi.

Oradan bir necha kun otmasdan AQSh Tokioga shuni habar qildiki, AQSh hukumati Xitoy va Yaponiya ortasidagi shartnomani tan olmaydi va ushbu shartnoma AQSh manfaatlariga togri kelmaydi, qolaversa Xitodagi hamma millatlar haq-huquqlarini poymol etadi.Ammo AQSh amalda Xitoyga yordam berish uchun hech qanday choralar qollamadi.

Birinchi jahon urushining yakunlanishi

Rossiyada fevral inqilobi oqibatida bu davlat urushdan chiqishga majbur boldi. Buning uchun 1918 yil 3 martda Brest-Litovsk shaxrida Germaniya bilan tinchlik shartnomasi imzolandi.Brest-Litovskdagi shartnoma Antanta mavqeini anchagina kuchsizlantirdi. Germaniya bundan foydalanib hal qiluvchi zarba berishga ahd qildi.1916 yildan boshlab Germaniya Sharqiy Yevropani oz nazorati ostiga olgan, uning barcha boyliklari, ayniqsa, oziq-ovqatidan foydalanish, ozining barcha qurolli kuchlarini garbiy frontda toplashga erishgan edi.Jang deyarli 4 yildan buyon davom etar, tomonlarning hech qaysisi hal qiluvchi muvaffaqiyyatga erisha olmagan edi. Front chizigining har ikki tomonida qazilgan handaklar Belgiya soxillaridagi Nyu-Port shaxridan Ipr, Arras, Albert, Suasson, Reyms va Verdengacha chozilgan edi.Koplab qurbonlar berilishi va zaharlovchi moddalar hamda tanklar singari yangi qurol turlaridan foydalanishga qaramay, urushayotgan tomonlarning muvaffaqqiyat qozonish uchun jon-jaxdlari bilan qilgan harakatlari hech bir natija bermadi.

Germaniya qomondonligi jangni golibona tasirchan zarba bilan yakunlashga qaror qildi. 1918 yil aprel oyida nemis qoshinlari Antanta mavqelariga kuchli hujum boshladi. Dastlab ular muvaffaqiyatli hamla qilib, Antanta qoshinlari mudofaasini yorib otdilar va Marna daryosi sohillariga chiqdilar. Uzoqqa otadigan toplar bilan Parijni oqaa tutdilar. Ammo muvaffaqiyatni mustahkamlash uchun Germaniya yetarli zaxira topa olmadi.Mamlakat holdan toygan, armayaning harbiy ruhi chokkan, xalq urushdan charchagan edi. Ayni paytda Antanta AQSh dan toxtovsiz yordam olib turardi. AQSh shartnomaga qoshilgan mamlakat sifatida 1917 yil aprel oyida urushga kirgan edi.Germaniya endi hujum qilishdan ojiz ekanligi malum bolib qolgach, Antanta mamlakatlari barcha frontlarda hujumga otadilar va nemis qoshinlari bosib olgan Belgiya va Franciya hududidan siqib chiqara boshladilar.

Antanta davlatlarining hujumi 1918 yil avgust oyida boshhlandi. Germaniyaning garbdagi fronti yorib otildi va Antanta qoshinlari uchun Germaniya hududiga yol ochildi.Bolqonda, Saloniki shahri yaqinlarida ittifoqchilarning kop millatli ekspediciya korpusi bolgar qoshinlari mudofaa chiziqini yorib otdi va oktyabrda Dunay soxillariga chiqdi.Avstriya qoshinlari Vitoriyo Veneto yaqinida 1918 yil sentyabrida maglubiyatga uchradilar. Germaniya boshchiligidagi Tortlat ittifoqi harbiy jihatdan maglub bolib, tarqalib ketdi.

Germaniya oliy qomondonligi shundan keyen maglubiyatdan qochib qutulolmasligini anglab yetdi. Amalda butun hokimiyatni oz qolida tutgan Germaniya bosh shtabi boshligi general E. Lyudendorf Germaniyaning harbiy maglubiyatini tan olmagan holda faxrli tinchlik bitimini imzolash yollarini qidira boshladi. Kelajakda maglubiyat masuliyati harbiylarga, armiya va generallarga emas, balki Germaniya armiyasini saqlab qolish uchun bu ishni hal qilishga hozir bolgan fuqaro shaxslar, diplomatlar va amaldorlar zimmasiga tushishi uchun tezda sulx tuzulishini talab qilmoqda edi. Ammo ittifoqchilar, birinchi navbatda AQSH prezidenti Vudro Vilson muzokaralarni faqat Germaniya demokratik hukumati vakillari bilan olib borishlari mumkinligini aytib, kayzer Vilgelm hukumati bilan bitim tuzish taklifini qatiyan rad etdilar. Lyudendorf ittifoqchilarning bu taklifini qabul qilinishini va darhol demokratik asosda yangi hukumat tuzishni yoqlab chiqdi.1918 yil oktabyirida shaxzoda Maks Badenskiy hukumati tuzildi.U Germaniya xalqi nomidan muzokara olib borishi kerak edi.Ammo Antanta mamlakatlari hukumatlari buni qabul qilmadi, chunki u kayzerning avtoritar tartiboti vakili edi.

Bu orada Antanta qoshinlari barcha frontlarda hujumni kuchaytirdilar va Germaniya ittifoqchilari birin-ketin taslim bola boshladi.

1918 yil 4 oktyabr kuni Chexiya va Slovakiya Avstro-Vengriya tarkibidan ajralib chiqdi hamda mustaqil Chexoslavakiya davlati tuzilganinin elon qilindi.

28 oktyabrda Serb, horvat va slovenlar qirolligi tuzilganligi elon qilindi. (1918 yildan boshlab Yugoslaviya qirolligi). Shimoliy Bukovina Ukrainaga, Galiciya Polshaga qoshliganligini bildirdi

31 oktyabrda Avstriya va Vengriyada monarxiyalar agdarib tashlandi hamda Avstriya va Vengriya respublikalari tuzildi. Ular Antanta mamlakatlari taklif etgan yarashuv shartlarini qabul qildilar.

1918 yil 29 sentyabrda Bolgariya, 30 oktyabrda Turkiya, 3 noyabrda Avstro-Vengriya taslin boldi.30 oktyabrda Turkiya imzolagan tarashuv bitimiga kora, uning qoshinlari arab mamlakatlaridan olib chiqilishi, turk armiyasi qurolsizlanishi, flot ingliz va francuz boshqaruvi ostiga otishi lozim edi.

1918 yil 30 sentyabr kuni Germaniya hukumati AQSh ga yarashuv bitimini imzolash taklifi bilan murojaat qildi. Ayni paytda qoshinlar qomondonligi Mamlakat harbiy axvolini yaxshilash uchun yirik dengiz operaciyasini boshlash haqida qaror qabulk qildi. 30 oktyabrda Germaniya harbiy eskadrasi

1918 yil 9 noyabr kuni Germaniyada respublika elon qilindi.Oradan ikki kun otgach, 1918 yil 11 noyabr kuni Parij yaqinidagi Kompyen ormonida, Yevropadagi Antanta qoshinlari bosh qomondoni francuz marshali Foshning vagon qarorgohida Germaniya hayati oz hukumati nomidan yarashuv haqidagi, amalda Germaniyaning maglubiyati borasidagi bitimni imzoladi.

Xulosa

Birinchi jahon urushi mobaynida xalqaro munosabatlar asosan urushayotgan mamlakatlar ortasidagi ziddiyatlarning kuchayishi va har bir davlatning hoh u yirik bolsin, hoh u kichik urush paytida vujudga kelgan bazi bir qulay vaziyatlardan foydalanib qolish bilan asoslanadi.Urush davomida va ungacha bolgan paytda asosan ikki blok Antanta va Germaniya boshchiligidagi blokning ozlariga ittifoqchilar axtarish, urushning borishini oz foydalariga hal qilish uchun kurash boradi.Ammo voqealar qanday rivojlanishidan qatiy nazar birinchi jahon urushida hech bir urushyotgan davlat aytarli yutuqqa erishmadi.Bu urushda bevosita 36 davlat qatnashib, ularning urushga jalb etgan inson resurslari 70 milliondan oshdi.Qurbon bolganlar va yaralanganlar soni esa 18 million kishini tashkil etdi.

Foydalangan adabiyotlar

1. 1914 yil 1 avgust, Yakovlev N. N.,Moskva, Fargus.

2. Yangi va eng yangi tarix, Popov E. I., Moskva.

3. Yevropa tarixi,Koll. avtorov.,M.,1986-1996

4. Eng yangi tarix XX asr, Kreder A.A, M., 1996

5. Jahon tarixi-eng yangi davr, 1 qism, G.A. Hidoyatov , T.,2000


[1] Mejdunarodniyi otniosheniya,seriya iii, t.VI, ch. 11,25 b.

/
:
? : letsdoit777.blogspot.com
21:44:19 18 2016
9000 " "? : business1777.blogspot.com ! C !
11:37:00 24 2015

, :



, ?

, .
, .
, .
, .
, .



(150582)
(1836)
Copyright 2005-2016 BestReferat.ru bestreferat@mail.ru

@Mail.ru